Marca: Keylor Navas kutilmagan qarorga keldi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2019, 22:08
"Real" posboni Keylor Navas jamoasi bilan shartnomasini 2021 yilning yozigacha uzaytirdi.

Oldinroq kosta-rikalik posbon jamoadagi holatidan norozi ekanligi va shu boisdan u "Real"dan ketishni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Marca" xabariga ko'ra, kiperning yillik maoshi 5 million evroga teng bo'ladi.

Biroq bu borada rasmiy xabar e'lon qilinganicha yo'q. Aytilishicha, yaqin vaqtlarda "Real" bu holatga oydinlik kiritadi.

Oldinroq posbon instagramdagi sahifasida "Real" muxlislari bilan xayrlashgandi, biroq keyinchalik bu post o'chirib yuborildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca