Marca: Kasilyas yangi mavsumda "Real"ning asosiy darvozaboni bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
1 avg 2014, 18:01
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsumda jamoaning asosiy darvozaboni kim bo'lishini aniqlab oldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Kasilyas yana jamoaning asosiy darvozaboniga aylanadi.

Kosta-rikalik Keylor Navas esa uning o'rinbosari sifatida harakat qiladi.

Diego Lopes esa ko'rinishidan klubni tark etadi.

12 avgust kuni "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Superkubogi uchrashuvida Kasilyas darvozani qo'riqlaydi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru