

Oldinroq FIFA Messining to'rt uchrashuvlik diskvalifikaciyasini bekor qilgan edi.
"Messiga yordam berishga urindim, ammo FIFAning qaroriga aloqam yo'q. To'rtta o'yin edi va kutilmaganda jazoni bekor qilishdi. FIFAning ishi to'g'ri emas, Leo kichik bo'lsada jazoga loyiq edi. Bu gaplarni qo'limni ko'ksimga qo'yib aytyapman. Uni bir yil shug'ullantirganman va u menga futbolchidan ko'ra momiqqina bolakayni eslatardi" - deydi Maradona.



