Rasman: Maradona Meksika 2-divizioni jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi

7 sen 2018, 09:20
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

“Dorados” klubi Meksika shimoli-g'arbida joylashgan Sinaloa shahri sharafini himoya qiladi. Jamoa yaqindagina bosh murabbiy Fransisko Gamesni iste'foga chiqargandi. Ayni paytda “Dorados” 6 turdan keyin 15 klub orasida atigi 3 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.

Maluomot uchun, 57 yoshli mutaxassis ayni damda Belarusning “Dinamo Brest” klubi bilan 3 yillik shartnomaga ega bo'lib, u rasman jamoada boshqaruv raisi hisoblanadi. “Dinamo”dan ketish-ketmasligi haqida ma'lumot berilmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@dorados