Maradona Braziliya ustidan ochiqchasiga kuldi
Narzulla Saydullayev
9 iyul 2014, 16:26
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Armando Maradona Braziliya terma jamoasining Germaniyadan qabul qilib olgan qaqshatqich mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirar ekan, pentakampeonlar ustidan ochiqchasiga kuldi.
“Braziliya, aytchi, o'zingni qanday his qilyapsan? Hisob 6:0 bo'lib turganda bir paytda, xuddi katta tennisga o'xshab o'yinni yakunlash kerak edi. Yani tennis tili bilan aytganda set bo'lgandi. “Nemis mashinasi” mundial mezbonlarining ustidan o'tib ketdi”, - dedi Maradona.