
– Men Xartni termaga chaqirishganidan xursandman. U bunga haqli. Jo JCH-2014 saralashi vaqtida termaning asosiy posboni bo'ldi. O'ylashimcha, termada qolishi kerak. Klubga kelsak men jamoaga foydali bo'lgan qarorni tanlayman. Ayni paytda biz Kostel Pantilimonga ishonayapmiz. Ammo Xartga ham ishonamiz. Qachon safga qaytishini esa ko'ramiz, – deydi Pellegrini Sky Sports ga.