Manuel Pellegrini: "Uydagi so'nggi o'yinimni g'alaba bilan yakunlamoqchi edim"

8 may 2016, 23:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.


"Uydagi so'nggi o'yinni g'alaba bilan yakunlamoqchi edim. "Siti" YCHLga yo'llanma beradigan o'rinni olishi kerak. Bu yerda esda qolarli yillarni o'tkazdim. Buning uchun barchaga, muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. "Manchester Siti"ni, klubdagi xodimlarni va ishqibozlarni hech qachon unutmayman. Sizlar barchangiz jamoaga keraksizlar. O'ylaymanki, kelasi mavsumda jamoa barcha musobaqalarda muvaffaqiyat qozonadi", - deydi Pellegrini.

O'xshash yangiliklar


Manba: premier-league.com