Manuel Noyer: “Orzularimizni haqiqatga aylantira oldik”

24 avg 2020, 09:15
“Bavariya” posboni PSJga qarshi (1:0) YCHL final bahsidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Final hushtagi chalingandan so'ng his qilgan tuyg'ulardan keyin savollarga javob berish mushkul. Orzularimizni haqiqatga aylantira oldik. Dastlabki daqiqalardagi hujumlarimizdan so'ng ortiqcha xotirjamlikka berilganimiz yo'q. Balki, bu biroz ishonch yetishmganidan bo'lgandir. Ammo yakunda hamma g'alaba uchun o'z hissasini qo'shdi. Bu bizning jamoaviy yutug'imiz. Avvallari hech qachon o'yindan bunchalik lazzatlanmagan edim. Buning uchun jamoaga rahmat”, - deydi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA