Manjukich - JCH va CHL finallarida gol urgan tarixdagi beshinchi futbolchi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 11:31
Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich o'z jamoasi bilan JCH-2018 finalida Fransiyaga mag'lub bo'ldi (2:4).

32 yoshli forvard o'yinning 69-daqiqasida gol urishga erishdi. Shunday qilib, xorvat Chempionlar ligasi va jahon chempionati finalida gol urgan futbol tarixidagi beshinchi o'yinchiga aylandi.

Oldinroq, bu natijaga Ferenc Pushkash, Zoltan Cibor, Gerd Myuller va Zinedin Zidan erishgan edi.

Manjukich "Yuventus" safida Chempionlar ligasining 2016/17 mavsum finalida "Real"ga gol urgan edi. Ammo bahs 4:1 hisobida "Qirollik klubi"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com