Manjukich ham Xitoyga ketadi

Mirjalol Normatov
10 apr 2018, 21:53
"Yuventus" rahbariyati hujumchi Mario Manjukich bilan xayrlashishga tayyor.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "keksa sinora"lar 31 yoshli futbolchini Xitoy jamoasiga sotishni rejalashtirishmoqda. Turinliklar futbolchidan katta summa ishlab olishni ko'zlashmoqda.

Bu mavsumda Manjukich "Yuventus" tarkibida 36 o'yinda 7 gol kiritib, 3ta golga assistentlik qildi. Hozircha uni sotib olish uchun davogarlar yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport