Manjukich hali kelajagi borasida bir qarorga kelmadi

Alisher
31 mar 2021
"Milan"ning xorvatiyalik hujumchisi Mario Manjukich hali kelajagi borasida bir qarorga kelmadi.

Bu haqda o'yinchining vakili Jovanni Branchini xabar bermoqda.

"Jarohatlar Manjukichga "Milan"da juda ham halal bermoqda. Ammo ular yangi shartnoma imzolashga to'siq bo'la olmaydi. Mario "Milan"da qoladimi yoki boshqa klubga o'tadi, mavsum so'nggida birgalikda bir qarorga kelamiz", - deydi agent.

34 yoshli forvard "Milan"ga yozda erkin agent maqomida o'tgandi. Tomonlar 1 yilga uzaytirish bandi bilan yarim yillik shartnomaga imzo chekishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia