Manjukich APL klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
18 iyul 2019, 10:23
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich "Everton" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

33 yoshli futbolchi "Yuventus"da ko'plab yosh futbolchilar bilan raqobatga kirishishdan ko'rqmoqda va asosiy tarkibga kirmaslikdan cho'chiyapti.

Mario Manjukich "Yuventus"ga 2015 yilda Madridning "Atletiko" klubidan kelib qo'shilgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, hujumchi o'tgan yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph