Manening "Real"ga o'tishi deyarli hal bo'lgandi, ammo...

Omonjon To`xtamirzayev
6 iyun 2018
France Football xabariga ko'ra, futbolchini qo'yib yuborishga "Liverpul" ham rozi bo'lgandi.

O'tgan mavsumda ko'plab muxlislar va mutaxassislar "Liverpul" hujum uchligi harakatlarini alohida etirof etishgandi. Chindan ham Saloh, Firmino, Mane uchligi yakuniga etgan mavsumda ko'plab raqiblarning "dodini" berib qo'ydi. 

Jumladan, "Real Madrid" Sadio Mane xizmatlariga qiziqish bildirgan, futbolchi va "Liverpul" ham bu transferga rozi bo'lib ulgurgandi, ammo Zidanning jamoadan kyetishi vaziyatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Aynan shu sabab transfer ishi to'xtab qolgan. Sababi, Sadio aynan Zidan qo'l ostida to'p tepishni istagandi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: France Football