Manening diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi

12 sen 2017, 23:28
Angliya futbol assotsiatsiyasi “Liverpul” yarim himoyachisi Sado Manening diskvalifikaciyasini o'z kuchida qoldirdi.

Shu tariqa senegallik futbolchi avval ma'lum qilinganidek 3 ta o'yinda maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti – “Liverpul” (5:0) jamoalari uchrashuvida Mane to'p uchun kurashda “shaharliklar” posboni Edersonning yuziga oyog'i bilan zarba bergan natijada darvozabon o'yinni davom ettira olmagan, Mane esa qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports