Mane yozda "Real"ga o'tishni istamaganini tan oldi

Mirjalol Normatov
12 sen 2019, 00:29
"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini tark etishni istamaganini tan oldi.

Unga ko'ra, uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lgan. Biroq Sadio bunga rad javobini bergan.

"To'g'risini aytsam, shunday klubning sharafini himoya qilayotganimdan mamnunman. Men eng zo'r muxlislarga ega ajoyib klubda o'ynayman. Qo'llab-quvvatlab turgani uchun ularga rahmat aytaman. Ular tufayli klubdan ketishni istamayman", - dedi Mane.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express