Mane va Braim Afrika Millatlari Kubogining ramziy terma jamoasiga kirdi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026, 19:13
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) 2025 yilgi Afrika Millatlari Kubogining ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Turnir 21 dekabrdan 18 yanvargacha Marokashda bo'lib o'tdi.

Eng yaxshi futbolchilar jamoasiga Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane va Marokash termasining vingeri Braim Dias kiritildi.

Musobaqa ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Yassin Bunu (Marokash).

Himoyachilar: Mussa Nyakate (Senegal), Kelvin Beyssi (Nigeriya), Nussair Mazraui, Ashraf Hakimi (ikkisi – Marokash).

Yarim himoyachilar: Idrissa Geye, Papa Geye (ikkisi – Senegal), Ademola Lukman (Nigeriya).

Hujumchilar: Sadio Mane (Senegal), Braim Dias (Marokash), Viktor Osimxen (Nigeriya).

Afrika Millatlari Kubogini Senegal terma jamoasi ikkinchi marta qo'lga kiritdi. Finalda senegalliklar marokashliklarni qo'shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona gol muallifi yarim himoyachi Papa Geye bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cafonline.com