"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ma'lum qilishicha, "qizillar" hujumchisi Sadio Mane jarohatga qaramasdan bugun maydonga tushishi mumkin.
"Sadio og'riq bilan o'ynashi mumkin. "Bornmut" bilan bahsda shunday bo'ldi. Oldinda ikkita mashg'ulot bor. O'z futbolchilarimizning jismoniy holatini tahlil qilishimiz kerak. Jamoada tarkib bilan hech qanday muammo yo'q" - deydi Klopp.