Mane "Inter"ga qarshi o'yin haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
16 fev 2022, 23:12
"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane YCHLning 1/8 finali doirasida "Inter"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Og'ir o'yin bo'ladi. "Inter" - Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Menimcha ular Italiya chempionatida chempionlikni qo'lga kiritishsa kerak.

Ikkala jamoaning tarkibi juda yaxshi ko'rinishda. Yuqori kayfiyat bilan o'yinga kelyapmiz va intiqlik bilan uchrashuvning boshlanishini kutyapmiz.

YCHLda g'olib bo'lishni istaymiz. Ha, bu qiyin ish. Biroq eng yaxshilari bo'lishni xohlaymiz", - dedi Mane.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal