Mane: "Afrika kubogi Chempionlar ligasidan muhimroq"

Оқил Абдубарноев
7 fev 2022
Sadio Mane yakshanba oqshomida Senegal terma jamoasi bilan Afrika Millatlar kubogini qo'lga kiritdi.

Final o'yinida senegalliklar Misrni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.

O'yindan so'ng Mane qita futbol turniridagi muvaffaqiyatidan o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu hayotimdagi eng yaxshi kun va eng yaxshi sovrin. Men Chempionlar ligasi va boshqa bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritdim, lekin bu sovrin men uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Men uchun Afrika kubogi Chempionlar ligasidan muhimroq", - deydi Mane.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC