Manchini Premer-Ligaga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 avg 2014, 13:01
Yozda "Galatasaroy"ni tark etgan italiyalik murabbiy Roberto Manchini Angliya Premer-Ligasining ikki klubidan taklif oldi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, murabbiyga "Kristal Pelas" va "Vest Xem" klublari qiziqishmoqda.

"Kristal Pelas" mavsum boshlanmasidan oldin Toni Pulisni ishdan bo'shatgandi, "Vest Xem" esa Sem Ellardaysning ishidan qoniqmayapti.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Manchini "ManSiti"ni boshqargandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru