Manchini kelasi yilgi JCHda kimlarni favorit deb hisoblashini ma'lum qildi

Alisher
17 iyul 2021, 10:38
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati uchun da'vogarlarni ma'lum qildi.

Italiya telekompaniyalaridan biri jamoaning Yevropa chempionatidagi g'alabali yo'li haqida hujjatli film suratga oldi. 

Roberto Manchini epizodlardan birida ispanlar ajoyib tarkibga ega ekanliklarini ta'kidladi va kurash Italiya va Ispaniya o'rtasida kechishini taxmin qildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar Evro-2020 yarim finalida to'qnal kelishgandi. Ispanlar ustunligida o'tgan bahs penaltilar seriyasigacha yetib bordi va unda italyanlarga omad kulib boqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Forza Italian Football