Manchini: "Jorjino "Oltin to'p"ga loyiq"

Mirjalol Normatov
27 dek 2021
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining fikriga ko'ra, "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Oltin to'p"ga loyiq.

"Jorjino "Oltin to'p"ni olishi kerak edi, u biz bilan juda yuqori natijalarga erishdi. Ispaniyaning penaltilar seriyasida mag'lub etilishida Jorjinoning xizmatlari juda katta bo'lgandi. U penaltilarni doimo ishonchli tepishda davom etadi va hech qanday muammo bo'lmaydi", - dedi mutaxassis.

Ushbu mavsumda Jorjino APLda 16 o'yinda 6 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia