Manchini: "Biz tiki-taka o'ynamaymiz"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2021
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 yarim finali doirasida Ispaniyaga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Luis Enrike - ajoyib murabbiy. U "Barselona" bilan YCHLni yutdi, uning "Roma"si ajoyib futbol namoyish qilgan. Qachonki murabbiy jamoasini yaxshi o'yin ko'rsatadigan darajaga olib chiqa olsa, natijadan qati nazar uning yuqori malakaga ekanligi ko'rinib turadi.

Ispaniya tiki-takani yaratdi va katta natijalarga erishdi va hozir ham buni qo'llashda davom etmoqda. Biroz biz to'pga boshqacha tarzda egalik qilamiz. Biz ispanlarga xos o'yin ko'rsatmaymiz. Bizning yo'limiz boshqacha.

Buskets va Jorjino o'z poziciyasidagi eng yaxshi futbolchilardan hisoblanadi. Buskets uzoq yillardan buyon eng yaxshisi bo'lib turibdi, Jorjino esa yaqin-yaqindan boshlab eng yaxshilari sarasiga kirmoqda", - dedi Manchini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com