Manchesterliklardan biri Maguayrdan voz kechdi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2019, 19:29
"Lester" himoyachisi Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, endilikda aynan "qizillar" Maguayr uchun da'vogarlik qilishmoqda. Bunga qadar "Manchester Siti" Maguayr uchun asosiy da'vogar sifatida qaralgandi. Ammo "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola uning xizmatlaridan voz kechgan.

Ayni damda "Yunayted" va "Lester" o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. "Lester" o'z himoyachisini 85 million funtga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail