"Manchester Yunayted"ning yozgi transferlar uchun ajratgan puli kam emasmi?

20 iyun 2019, 20:00
MYU rahbariyati bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherga yozgi transferlar uchun ajratgan summa ma'lum bo'ldi.

ESPN nashrining xabar berishicha, mankunianliklar ustozi ixtiyoriga 100 million funt berildi. Ammo, ushbu summadan oshib ketadigan xarajatlar bo'lishi mumkin. Bu MYU futbolchilarning savdosiga bog'liq bo'ladi.

Avvalroq, MYU Xarri Maguayr va Aaron Van-Bissakani sotib olishga urinib ko'rgandi. Lekin, "Lester" va "Kristal Pelas" so'ragan summa MYUni qoniqtirmadi. Natijada, mankunianliklar mo'ljallagan transfer amalga oshgani yo'q.


O'xshash yangiliklar


Manba: espn.com