"Manchester Yunayted"ning yozdagi transfer maqsadi ma'lum

Alisher
7 yanv 2022
MYU o'z safiga "Vest Xem" xavbeki Deklan Raysni jalb qilmoqchi.

Rays manchesterliklarning uzoq yillar davomidagi transfer maqsadi hisoblanadi.

Bo'lajak yozda "Yunayted" Deklanning transferi borasida rasmiy taklif beradi.

"Vest Xem" futbolchini 100 million funt (~120 million evro)ga baholamoqda. Xavbekning "bolg'a urarlar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Talksport