"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi aniq!

Administrator
29 okt 2024, 20:38
Tez orada murabbiy rasman tanishtiriladi.

"Sporting" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borib kelayotgan Ruben Amorim "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. MYU murabbiyning portugal klubi bilan shartnomasida ko'rsatilgan 10 mln evro tovon pulini to'laydi va u bilan bitim tuzadi. "Sporting" murabbiyni qo'yib yuborishga rozi bo'lgan. Amorim ham MYU taklifini qabul qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted" tez orada yangi murabbiyni tanishtiradi.

Eslatib o'tamiz, ingliz klubi "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Erik ten Xag bilan xayrlashgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano