“Manchester Yunayted”ning transfer nishonlari aniq - Villian va Alderveyreld

16 may 2018, 09:40
MYU yozda tarkibni kuchaytirishga harakat qiladi.

Bu borada klub ikki futbolchi bilan shartnoma imzolashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Unga ko'ra, jamoa rahbariyati “Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreld va “Chelsi” yarim himoyachisi Villianni sotib olishni ko'zlamoqda. Tobi “shporlar” bilan yangi shartnoma tuzish borasida kelisha olmadi. Uning transferi tezda amalga oshishi mumkin. Villian esa Joze Mourinyoga “Chelsi”dagi o'yinlar bilan yaxshi tanish. Ikkala o'yinchi ham jamoaning asosiy transfer maqsadi sifatida etirof etilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports