"Manchester Yunayted"ning ikki o'yinchisi koronavirusga chalindi

Alisher
7 mar 2022, 11:16
"Manchester Yunayted" ustozi Ralf Rangnik jurnalistlarga koronavirus sabab ikki futbolchi "Manchester Siti"ga qarshi derbini o'tkazib yuborganini aytdi.

Rangnik "qizil iblislar"ning "Siti"ga qarshi o'yinini musbat testlar sabab himoyachilar Rafael Varan va Lyuk Shou o'tkazib yuborganini xabar qildi.

Eslatib o'tamiz, kechagi o'yinda jarohat sabab Krishtianu Ronaldu va Edinson Kavani ham o'ynamadi.

MYU "shaharliklar"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi va APL jadvalida 5-o'ringa tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk