"Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi safga qaytdi

Mirjalol Normatov
10 mar 2022, 00:57
"Manchester Yunayted" futbolchilari Rafael Varan hamda Edinson Kavani jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi.

Varan koronavirusga chalingani sababli "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi. Kavani esa 8 fevral kunida olgan jarohati sababli maydonga qaytmagandi. Ushbu futbolchilar "Tottenxem" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Siti"ga qarshi o'yinda qatnashmagan Krishtianu Ronaldu esa individual tarzda shug'ullanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com