"Manchester Yunayted"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2019, 23:15
"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning 2018 yil so'nggi oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi.

"Qizil iblislar" rasmiy sayti ma'lumotiga ko'ra, Pol Pogbaga muxlislar ko'proq ovoz bergan. U bu borada Jessi Lingard va Markus Reshfordlarni ortda qoldirdi.

Dekabr oyida fransiyalik futbolchi "Yunayted" tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com