"Manchester Yunayted"ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 may 2022, 00:24
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu klubning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Hujumchi so'rovnomada 74 foiz ovoz to'pladi. Shuningdek, so'rovnomada David De Xea (21%) hamda Nemanya Matich (5%) ham bor edi.

Ronaldu MYUda ketma-ket ikkinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqda. U ushbu mavsumda to'rt marta shunday etirofga sazovor bo'ldi.

37 yoshli forvard ushbu mavsumda 28 o'yinda 17 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com