“Manchester Yunayted”ning 92 yil oldingi antirekordi takrorlandi

Eldor Akmurzayev
6 mar 2023, 08:10
Angliya chempionati 26-turida “Manchester Yunayted” “Enfild”da “qaqshatqich zarba”ga uchradi – 0:7.

Bu MYUning APLdagi eng yirik mag'lubiyati bo'ldi. Bundan tashqari, “qizil iblislar”ning butun faoliyati davomidagi eng yirik mag'lubiyati takrorlandi. Bungacha klub 0:7 natijasi bilan uch marta yutqazgandi: 1926 yil – “Blekbern”, 1930 yil – “Aston Villa” hamda 1931 yil “Vulverxempton”.

Qayd etish joizki, Premer-liga davridan beri manchesterliklarning eng yirik mag'lubiyati 1:6 edi va ushbu hisoblar “Manchester Siti” (2011) hamda “Tottenxem” (2020) bilan o'yinlarda qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta