"Manchester Yunayted"ga Kamavinga kerak

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021, 16:35
"Manchester Yunayted" "Renn"ning yosh futbolchisi Eduardo Kamavinganing xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, agarda mankunianliklar "Borussiya" forvardi Jeydon Sanchoning transfer ishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Kamavinga variantiga to'xtaladi. Francuzning jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'tgan mavsumda futbolchi "Renn" tarkibida 35 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail