"Manchester Yunayted" yozda ham Frenki de Yongni tarkibiga qo'shib ololmaydi

Mirjalol Normatov
26 fev 2023, 12:50
"Manchester Yunayted" yozda "Barselona" futbolchisi Frenki de Yongga yana bir bor da'vogarlik qilishi mumkin edi.

"Transfer News Live" xabariga ko'ra, ingliz klubi bu borada "Barselona"dan rad javobini olib bo'lgan va Kataloniya klubi futbolchisini sotish niyatida emas.

Ushbu mavsumda de Yong 20 o'yinda qatnashib, 2 gol va 2 assist qayd etdi. Futbolchi o'z vaqtida "Ayaks"da MYU bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Erik ten Xag bilan birga faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Transfer News Live