"Manchester Yunayted" yillik abonementlari narxini muzlatdi

Tolibjon Qosimov
7 fev 2017, 20:42
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yillik abonementlar narxi oldingidek qolganini e'lon qildi.

Bu bilan klub ketma-ket oltinchi yil abonementlar narxini "muzlatdi".

Shuningdek, MYU 16 yoshdan kichik bo'lgan muxlislar uchun narxlarni ham tushirdi. Klub "Old Trafford"ning uchta tribunasidagi ikkinchi yarusdan yosh ishqibozlar uchun 50% chegirma qiladi.

Angliya kubogi doirasidagi uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi ham 25%ga arzonlashadi. Eslatib o'tamiz, bunday chegirma ayni paytda "Old Trafford"da o'tkazilayotgan Yevropa ligasi o'yinlarida ham amalda qo'llanilmoqda.

Shuningdek, oldindan chipta band qilishda to'lanadigan to'lov ham bekor qilindi.

Voyaga etgan muxlislar uchun yillik abonementlarning narxi 532 funt sterlingdan boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia