"Manchester Yunayted" himoyachisi “Al Nassr”ga o'tishga yaqin

Alisher
19 iyul 2023, 07:37
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

 MYU futbolchisini 4 million evroga sotishga rozi bo'ldi deb xabar bermoqda Fabricio Romano. “Al Nassr” va Telles esa o'zaro uch yillik shartnoma imzolaydi va futbolchining maoshi 7 million evro bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, Telles o'tgan mavsum Sevilyada ijarada o'ynagandi. U barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golga uzatma amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com