"Manchester Yunayted" yaqin vaqtlarda Sanchoning taqdirini hal qiladi

Alisher
28 iyul 2024
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho joriy transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati yaqinda bosh murabbiy Erik ten Xag bilan yarashgan 24 yoshli o'yinchi borasida qaror qabul qilishi kerak. Vaziyat yaqin haftalarda oydinlashadi.

Jeydon Sancho PSJning short listida bor. Francuz grandi futbolchining agenti bilan aloqada bo'lib turibdi, ammo "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borilmayapti.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano