"Manchester Yunayted" yangi rahbariyatining transfer maqsadlari ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2024, 20:20
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasi vaqtida juda ko'p transferlar amalga oshirishi mumkin.

"Evening Standard" ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar yozda yuqori darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. U Rasmus Xoylund bilan sheriklikda o'ynaydi.

Shuningdek, klub markaziy himoyachi va yarim himoyachi, shuningdek, o'ng qanot himoyachisini tarkibga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqadi. Yozda shunday transferlar bo'lishini jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag istamoqda. Yangi rahbariyat esa ten Xagni to'liqligicha qo'llab-quvvatlaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard