"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" Sheshko uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025, 15:26
"Leyptsig"ning sloveniyalik hujumchisi Benyamin Sheshko tez orada Angliyaga yo'l olishi mumkin.

Hujumchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. 

Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, Angliya jamoasi hujumkor futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishgan zahoti nemis jamoasini 22 yoshli hujumchi uchun rasmiy taklif bilan chiqishi haqida ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, "Nyukasl" ham sloveniyalik uchun taklif bilan chiqishga va uning talablarini qondirishga tayyor.

Maydonda 33 ta o'yin, 13 ta aniq zarba va 5 ta golli uzatma – bular Sheshkoning Germaniya chempionatining so'nggi kampaniyasidagi statistikasi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano