

Bu haqda "O Jogo" jurnalistlari xabar berishmoqda.
Manbaga ko'ra, 18 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga uchta klub qiziqish bildirmoqda. Gap "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Everton" haqida bormoqda. "Irislar" skautlari yaqinda Portugaliyaga Fatavuning o'yinini tomosha qilish uchun uchib ketishdi.
Ganalik forvard joriy yilning iyul oyidan buyon "Sporting"da to'p tepmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yilning o'rtalarigacha hisoblanadi. Uning transfer narxi 3 million evroga baholanmoqda.



