"Manchester Yunayted" va "Ayaks" bugun Lisandroning transferini muhokama qilishadi

Alisher
13 iyul 2022
"Manchester Yunayted" bugun "Ayaks" bilan himoyachi Lisandro Martinesning transferini tahlil qilishadi.

Amsterdam klubi "qizil iblislar"ning himoyachi borasidagi so'nggi taklifini rad etdi va uni o'z shartlariga ko'ra sotishga tayyor.

Qayd etish kerakki, himoyachining o'zi o'tishni xohlamoqda.

Lisandro o'tgan mavsum amsterdamliklar safida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano