"Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari Reshford hamda Sakani qo'llab-quvvatladi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2021, 20:19
Futbolchilar Italiyaga qarshi Evro-2020 finalida penaltidan gol kiritolmagandi.

"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshfordni qo'llab-quvvatlashini bildirdi, u Evro-2020 final uchrashuvida Italiyaga qarshi o'yindan keyingi penaltini aniq amalga oshirolmadi (1:1, penaltilar seriyasida - 2:3).

"Bitta zarba seni qanday futbolchi yoki qanday odam ekanligingni belgilab bermaydi, Markus. Buni yodingda saqla.

Biz o'z uyingga qaytishingni intiqlik bilan kutyapmiz", - deyiladi mankunianlarning tvitter sahifasida.

O'z navbatida "Arsenal" ham Bukayo Sakani qo'llab-quvvatladi, u ham penaltini aniq amalga oshirolmagandi. Aynan "Uch sherlar" yarim himoyachisi to'p kiritolmaganidan keyin Italiya terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgandi.

"Futbol juda shafqatsiz bo'lishi mumkin. Ammo biz har doim sening kuchli fazilatlaring, fel-atvoring va jasurliging bilan faxrlanamiz", - deb yozgan "kanonirlar" tvitter sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru