"Manchester Yunayted" ushbu mavsum "Old Trafford"da g'alaba qozona olmayapti

Mirjalol Normatov
25 okt 2020, 00:15
Bugun APLning 6-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Chelsi" bilan bahslashdi.

Juda zerikarli o'tgan o'yinda hisob ochilmadi. Shu orqali MYU ushbu mavsumda "Old Trafford"da ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

Biroq mankunianliklar uchun yomon tomoni shundaki, jamoa ushbu mavsumda o'z maydonida g'alabaga erisha olganicha yo'q.

Avvaliga "Kristal Pelas", keyinchalik "Tottenxem" ushbu stadiondan mos ravishda 3:1 hamda 6:1 hisobidagi g'alaba qayd etib ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia