"Manchester Yunayted" Tripperni xarid qilmoqchi

Alisher
3 iyun 2021
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper Angliyaga qaytishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 30 yoshli angliyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi va muzokaralar olib bormoqda.

Angliya terma jamoasi o'yinchisiga "Everton" klubi qiziqish bildirmoqda. Tripperning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Tripper 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.

Oldinroq, o'yinchi o'zi bergan intervyuda "Atletiko"da baxtli ekani va bu jamoa uchun o'ynashda davom etishini aytgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail