"Manchester Yunayted" "Tottenxem"ning ikki himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 13:13
"Tottenxem" ikki nafar himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor.

"The Mirror" xabariga ko'ra, ayni damda londonliklar va mankunianliklar Tobi Alderveyreld borasidagi muzokaralarni davom ettirishmoqda. "Tottenxem" vakili suhbat davomida himoyachi Denni Rouzni ham MYUga taklif qilgan. Qishda "Manchester" bir necha himoyachilarni sotib olishi mumkinligini hisobga olsak, Rouz ham "Old Trafford"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Oldinroq Rouz qishda "Tottenxem"dan ketishi aniqligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror