"Manchester Yunayted" Sulsherga uch o'yinlik imkoniyat berdi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2021, 19:08
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga o'z lavozimini saqlab qolish uchun uchta o'yinga imkoniyat berildi.

Unda "qizil iblislar" "Tottenxem" (30 oktyabr), "Atalanta" (2 noyabr) va "Manchester Siti" (6 noyabr)ga qarshi maydonga tushadi.

Boz ustiga, agar o'yinlardan biri "Liverpul"ga (0:5) qarshi o'yin singari muvaffaqiyatsiz kechsa, klub rahbariyati murabbiyni ertaroq iste'foga chiqarishi mumkin.

"Manchester Yunayted" allaqachon yangi murabbiy qidirishni boshlagan. Mankunianliklar rahbariyati norvegiyalik murabbiy uchun uchta o'yinlik imkoniyat berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph