"Manchester Yunayted" sobiq sardori: "Ularning o'yini shunchalik tushib ketgani dahshatli"

Alisher
23 sen 2019, 12:32
MYU sobiq sardori Roy Kin Angliya chempionati 6-tur doirasidagi MYU - "Vest Xem" bahsidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi "qizil iblislar" "Vest Xem"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Ularning yomon o'yinidan hayratdaman. To'g'ri siz futbolda yutqashingiz mumkin, ammo ular sekin, xohishsiz, mahoratsiz, yetakchilarsiz va xaraktersiz o'yin namoyish etishdi.

Ularning o'yini bunchalik tushib ketgani shunchaki dahshatdir", - deydi Kin.

"Manchester Yunayted" Angliya premer-liga 6-turidan so'ng 8 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports