"Manchester Yunayted" Shou bilan muzokaralarni to'xtatdi

Mirjalol Normatov
15 may 2022, 16:29
"Manchester Yunayted"dagilar himoyachi Lyuk Shou bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatdi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, klubdagilar jamoaning yangi ustozi Erik ten Xag futbolchii bilan shaxsan uchrashib, suhbat olib borishlarini istamoqda. Shundan keyin yakuniy qaror e'lon qilinadi.

26 yoshli angliyalik futbolchining "qizil iblislar" bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi. Shou 2014 yildan buyon mankunianliklar tarkibida o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u 27 o'yinda qatnashib, 5 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph