

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag "Zalcburg" yulduzi Benyamin Sheshkoni jamoada ko'rishni istaydi.
19 yoshli Sloveniya terma jamoasi a'zosi yozda "Leyptsig" klubiga borib qo'shilishi kutilayotgandi. Yosh hujumchi Italiyaning "Napoli" jamoasi yulduzi Viktor Osimxenga muqobil variant sifatida ko'rilmoqda. Neapolliklar esa Osimxenga qiziqishlarni so'ndirish uchun unga katta narx belgilamoqchi.
"Qizil iblislar" Benyamin Sheshkoga birinchi marta e'tibor qaratishi emas. Avval ham forvard Krishtianu Ronalduga o'rinbosar siqatida ko'rilgan edi.
Sheshko joriy mavsum Avstriya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini 20 mln evroga baholamoqda, "Leyptsig" esa futbolchiga 24 mln evro to'lashi kutilmoqda.



